Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Termiz» poligonida hududdagi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining o‘quv yig‘ini boshlandi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosarining buyrug‘iga asosan milliy armiyaning jangovar shayligini oshirish, tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bugungi kun talablari asosida tashkil etish maqsadida o‘quv yig‘inlariga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xususan, kecha 6 sentabr kuni «Termiz» dala o‘quv maydonida Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala o‘quv yig‘ini boshlandi.
Ma'lum qilinishicha, dala o‘quv yig‘inini o‘tkazishdan asosiy maqsad to‘plangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama ta'minlash bo‘yicha egallangan bilimlarni mustahkamlash hisoblanadi.
Ayni kunlarda o‘quv-uslubiy yig‘in davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» Afg‘onistonni egallagach, ko‘plab afg‘on harbiylari jon saqlash uchun O‘zbekistonga qochib o‘tgan. Avgust oyi o‘rtalarida afg‘on armiyasining harbiy uchuvchilari O‘zbekiston hududiga o‘tib, Surxondaryodagi paxta maydoniga qo‘ngani aks etgan video internetda tarqaldi.
Reuters axborot agentligi O‘zbekistondagi uchuvchilar bilan telefon orqali gaplashib, AQSh ularni evakuatsiya qilishini intizor bo‘lib kutayotganini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025