«Tolibon» Afğonistonni egallagaç, köplab harbiylar Özbekistonga qoçişga va şu orqali jon saqlaşga urindi. Avgust oyi örtalarida afğon armiyasining harbiy uçuvçilari Özbekiston hududiga ötib, Surxondaryodagi paxta maydoniga qöngani aks etgan video internetda tarqaldi. Xöş, öşa uçuvçilarning holi ne keçdi? Ular qança edi özi? Reuters axborot agentligi uçuvçilar bilan telefon orqali gaplaşib, bu borada suriştiruv tayyorladi.
Uç haftadan buyon Termizda qolayotgan harbiy uçuvçilar AQŞ ularni evakuatsiya qilişini intizor bölib kutmoqda. Askarlar ularga yetarliça tibbiy xizmat taqdim etilmayotganini aytib ötişgan. Şuningdek, ular faqat egnidagi kiyim-boş bilan qolib ketgan. «Agar bizni Afğonistonga qaytarişsa, ular (toliblar) bizni öldirişi 100 foiz aniq», deydi uçuvçilardan biri Reuters bilan suhbatda.
Ma'lum bölişiça, Termizdagi avval koronavirus bemorlarini davolaş uçun qurilgan lagerda 465 nafar afğonistonlik bor.
«Tolibon» bosimi
Afğon armiyasi uçuvçilarining Termizda evakuatsiyani kutib yotgani AQŞ prezidenti Jo Baydenni tanqid qiliş uçun yana bir asos böladi. U şundoğam armiyani olib çiqib ketişi va tartibsiz evakuatsiya sabab köp tanqidlarga uçradi. AQŞ hukumatining sobiq va hozirgi vakillari hukumat Termizdagi uçuvçilar evakuatsiyasini paysalga solayotganini tanqid qilişmoqda. Ularning fikriça, «Tolibon»ning qoçoqlarni qaytariş borasida sörovi sabab ikki örtada Özbekiston noqulay ahvolda qolmoqda.
AQŞ senatining Qurolli kuçlar qömitasini boşqaruvçi demokratlar vakili bölgan senator Jyek Rid Termizda qolayotgan afğon uçuvçilari taqdiridan xavotirda ekanini ma'lum qilgan: «Bu uçuvçilar toliblar qöliga tuşmagani yaxşi böldi. Birinçidan, ularning xavfsizligi uçun. Ikkinçidan, bu insonlar maxsus örgatilgan harbiy mahoratga ega», deydi senator Rid Reuters bilan suhbatda.
AQŞning Özbekistondagi sobiq elçisi Jon Herbstning fikriça, uçuvçilarning Termizda qolayotgani sabab Özbekiston toliblar bosimiga uçrab, noqulay holatda qoladi. «Özbekiston toliblar bilan yaxşi munosabat örnatişga urinayotgan vaqtda şu muammo sabab ular bilan teskari bölib qolişni istamaydi. Öz navbatida, ular biz bilan ham munosabatlar yomonlaşişini xohlamayapti», degan ayni vaqtda siyosiy tahlilçi bölib işlayotgan janob Herbst. Uning fikriça, bu vaziyatda mamlakatlar muvozanatni saqlovçi harakatni amalga oşirişi kerak.




















