Jahon | 09:42 / 08.09.2021
4519
1 daqiqa o‘qiladi

JSST boy davlatlarni vaksinalarni zaxiralab olgani uchun qoraladi

JSST koronavirusga qarshi vaksinalarni zaxiralab olish pandemiyaning cho‘zilishiga olib kelishini aytdi.

“Bu nafaqat adolatsizlik, axloqsizlikdir, bu pandemiyani uzaytiradi”, deb aytgan JSST vakili Mariya Van Kerxov.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z aholisining 57 foizini to‘liq emlab bo‘lgan, Fransiya va Britaniyada esa vaksinaning buster dozalari qo‘llanmoqda. Bu orada Afrika aholisining bor-yo‘g‘i 3 foizi to‘liq emlangan.

4 avgustda JSST sentabr oxirigacha dunyo aholisining 10 foizini koronavirusga qarshi emlash umidida boy davlatlardan ortiqcha vaksinalarini nochor davlatlarga berishni iltimos qilgan. Xalqaro tashkilot rejasiga ko‘ra, dekabrda dunyo aholisining 40 foizi emlanib bo‘lishi kerak.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid