1964 yilda Amerikaning Nyu Meksiko ştatida dunyoga kelgan Jyeff ismli çaqaloq vaqti kelib dunyodagi eng boy inson, 200 mlrd dollardan köp puli bölgan ilk odam, öz kosmik kemasida fazoga kötarilgan biznesmen bölişini kim ham öylabdi dersiz. Jyeff Bezosning özi ham bunday bölişini öylamagan bölsa kerak.

Bugungi kunda dunyodagi eng boy kompaniyalardan biri bölib turgan Amazon kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan.
Uning asosçisi – Jyeff Bezos. DE Show investitsion kompaniyasida vitse-prezident lavozimida işlab turgan Jyeff Bezos özining biznes ğoyalarini amalga oşiriş uçun öz işini taşlaydi va rafiqasi Makkenzi Bezos bilan birga noldan yangi startapini amalga oşiriş uçun harakat qiladi.

Jyeff elektroinjyeneriya va kompyuter bilimlari sohasi böyiça oliy ma’lumotga ega edi.
Jyeff Bezosda har qanday mahsulotni sotişga möljallangan dökonni oçiş ğoyasi bölgan. Uni amalga oşirişda esa odatdagi tösiqlar yuzaga keldi: çeklangan budjet, bozorni yaxşi tuşunmaslik va sarmoyadorlarning yöqligi. Birinçi haftadayoq bankrotlikka uçramaslik uçun Bezos işni oddiy usulda boşlaşga qaror qildi. Internet orqali yaxşi sotilişi lozim bölgan tovarlarni 20 guruhga bölib çiqdi. Unga kompyuter dasturlari, filmlar, musiqalar, ofis anjomlari va boşqa mahsulotlar kirardi.

Ammo birlamçi mahsulot sifatida kitoblar yaxşi sotilgan – ular yengil va yetkazib beriş oson. Axir uni kim sotib olayotganining ahamiyati yöq, buning ustiga internetdagi tanlov oddiy kitob dökonidagiga nisbatan köproq edi.
Jyeff Bezos kompaniya faoliyatini özining garajida boşlagan. U kitoblarni özining sayti orqali sotar va faoliyatini kengaytirişni öylardi.
Jyeff kitob mutolaa qilişni yaxşi körar va öşa paytda yaxşi kitob topiş oson emasligini yaxşi bilardi. Şu sababdan intenet dökonini aynan kitoblarni tezroq topişga va yaxşi kitoblar tavsiya qilişga yönaltirgan edi.










