Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bu hududlarning ba'zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33 daraja issiqqacha pasayadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 29-31 daraja issiqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.