23:13 / 09.09.2021
10375

Kongoda 129 kishi meningitdan vafot etdi

JSSTning ma'lum qilishicha, Parijdagi Paster institutiga jo‘natilgan namunalar ushbu kasallikni keltirib chiqargan Neisseria meningitidis bakteriyasi yirik epidemiyaga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Foto: WHO

Kongo shimoli-sharqida meningit kasalligi avj olishi qayd etildi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, Chopo provinsiyasida iyundan beri kasallik aniqlangan 267 kishidan 129 nafari vafot etgan. 

JSSTning ma'lum qilishicha, Parijdagi Paster institutiga jo‘natilgan namunalar ushbu kasallikni keltirib chiqargan Neisseria meningitidis bakteriyasi yirik epidemiyaga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Provinsiyaga bemorlarga yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislarning dastlabki guruhi yetib kelgan. Shu bilan birga, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus qo‘mita tuzilgan.

“Biz zudlik bilan dori-darmon yetkazish va ekspertlarni jo‘natish orqali qisqa muddat ichida vaziyat nazoratga olinishini ta'minlamoqchimiz”, – dedi JSSTning Afrika bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Matshidiso Moyeti.

Ko‘p yillik qurolli nizolar va moliyaviy ta'minot yetarli bo‘lmagani sababli Kongo sog‘liqni saqlash tizimi so‘nggi to‘rt yilda Ebola, endemik vabo va qizamiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid
Top