Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan favqulodda holat rejimi uzaytirildi
AQSh hukumati 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin e'lon qilgan favqulodda holat rejimi yana bir yil amal qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma'lum qildi.
Baydenning ta'kidlashicha, AQSh 20 yil avval favqulodda holat rejimini kiritishiga sabab bo‘lgan terrorchilik xavfi hamon saqlanib qolmoqda.
Favqulodda holat rejimi Nyu-York va Vashingtondagi teraktlardan keyin 2001 yil 14 sentyabrda o‘sha vaqtdagi prezident Kichik Jorj Bush tomonidan kiritilgan edi. Favqulodda holat rejimi kiritilishi haqidagi hujjatda hukumat ko‘radigan aniq choralar ko‘rsatilmagan, biroq u terrorchilik tahdidi holatida prezidentga qo‘shimcha vakolatlarni beradi.
Avvalroq Bayden 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqador ma'lumotlarni oshkor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu AQSh prezidentining saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgan edi.
2001 yil 11 sentyabrda AQShda bir qator teraktlar sodir etilgandi. O‘shanda terrorchilar 2ta olib qochilgan yo‘lovchi samolyotini Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi minoralariga borib urishgan. Yana bir samolyot Pentagon binosiga borib urilgan. Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni “Al-Qoida” terrorchi tashkiloti o‘z zimmasiga olgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026