Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi
Namoyishchilar orasida ayrimlar politsiya xodimlariga qarata tosh va shisha idishlar uloqtirgan. Ular shahardagi obektlarga ham zarar yetkazgan.
Parijdagi norozilik namoyishlari chog‘ida yirik tartibsizliklar yuz berdi, politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, namoyish qatnashchilari Pale Ruayal maydoniga yetib borganidan so‘ng politsiya yo‘lni to‘sib qo‘ygani sababli ortga qaytgan.
Namoyishchilar orasida ayrimlar politsiya xodimlariga qarata tosh va shisha idishlar uloqtirgan. Ular shahardagi obektlarga ham zarar yetkazgan.
Politsiya bir necha marta ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan hamda suv purkagichlardan foydalangan.
To‘qnashuvlar oqibatida jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.
Sanitar ruxsatnomalarga qarshi bo‘lganlar ketma-ket to‘qqizinchi shanba namoyish o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:10 / 18.05.2026