Jahon | 14:29 / 11.09.2021
4668
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi yosh bolalarda sinab ko‘riladi

Bu dunyoda birinchi bo‘lib yosh bolalarda uchinchi bosqich klinik sinovlarning o‘tkazilishidir.

Foto: courtesy of Sinovac

Xitoyning Sinovac farmatsevtika kompaniyasi Janubiy Afrikadagi Numolux Group kompaniyasi bilan birgalikda CoronaVac vaksinasini yarim yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda Global Times nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadqiqotlar JARda o‘tkaziladi. 

Gazetaning ma'lumot berishicha, bu dunyoda birinchi bo‘lib yosh bolalarda uchinchi bosqich klinik sinovlarning o‘tkazilishidir.

Avvalroq Xitoy vaksinasining uch yoshdan katta bolalar uchun samarali ekanligi isbotlangani ma'lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid