Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi - «O‘zgidromet»
O‘tgan hafta davomida Volgabo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun O‘zbekistonda harorat 27-32 daraja issiq bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning me'yoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga va hafta oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15 daraja iliq atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34 daraja issiqdan - hafta oxiriga kelib 32-37 daraja issiqqacha asta-sekin ko‘tariladi.