Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston Adliya vazirligi erkak xodimlarning zudlik bilan ishga qaytishini talab qildi
7 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini e'lon qilgandi. Mavlaviy Abdulhakim Ishoqzay adliya vaziri etib tayinlandi.
Afg‘oniston Adliya vazirligi erkak xodimlarning zudlik bilan ish joylariga qaytishi va faoliyatini boshlashni talab qildi. Bu haqda Afghan Urdu portali xabar bermoqda.
“Afg‘oniston Adliya vazirligi erkak xodimlariga markaz va viloyatlardagi ish joylariga zudlik bilan qaytishlarini talab qildi, aks holda ular ishdan bo‘shatiladi”, – deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, ushbu buyruq ayollarga taalluqli emas.
“Ayol xodimlar uchun yaqin vaqt ichida alohida e'lon beriladi”, – deb yozadi portal.
7 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini e'lon qilgandi. Mavlaviy Abdulhakim Ishoqzay adliya vaziri etib tayinlandi. U “Tolibon” harakatining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026