Sport | 23:58 / 14.09.2021
9247
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «MYu» «Yang Boyz»ga qarshi bahsda 90+5-daqiqada to‘p o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. «Sevilya»da qiyin durang

Yevropa Chempionlar Ligasida guruh bosqichi bahslari start oldi. 

Foto: Getty Images

F guruhida «Manchester Yunayted» safarda «Yang Boyz» bilan bahs yuritib, kambek qurboni bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Ronaldu tomonidan urilgan golga ikkinchi bo‘limda Ngamalo va Sibacho javob berishdi. Mezbonlar g‘alaba golini 90+5-daqiqada Lingardning xato uzatmasidan so‘ng urishdi. Mankunianliklar 35-daqiqadan boshlab kamchilikda o‘ynashdi — Van-Bissaka maydondan chetlatildi. 

G guruhida «Sevilya» Andalusiyada «Zalsburg» bilan murosa yo‘lini tanladi. Avsriya klubiga g‘alabaga yaqin edi. O‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar darvozasiga 3 marta, mehmonlar darvozasiga 1 bor penalti belgilandi va «Zalsburg» 2 marta foydalana olishmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa An-Nosiri qizil kartochka olib, «Sevilya»ni yanada qiyin holatga tushirib qo‘ydi.

YeChL. 1-tur. 14 sentabr
F guruhi
Yang Boyz — Manchester Yunayted 2:1

Gollar: Ngamalyo (66), Sibacho (90+5) — Ronaldu (13). 
Yang Boyz – fon Ballmos, Hefti (Suleymani, 83), Lauper (Tsezigen, 90+2), Kamara, Garsiya, Martins Pereyra (Rider, 82), Fassnaxt, Serro (Sebatsho, 46), Ngamalyo, Ebisher, Elia (Kanga, 90+2).
Manchester Yunayted – De Xea, Van-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou, Pogba, Fred (Marsyal, 89)., Fernandesh (Matich, 72), van de Bek (Varan, 46), Sancho (Dalot, 37), Ronaldu (Lingard, 72).
Chetlatish: Van-Bissaka (35). 

G guruhi
Sevilya — Zalsburg 1:1

Gollar: Rakitich (42, penalti) — Suchich (21, penalti). 
Amalga oshirilmagan penaltilar: Adeyyemi (13), Suchich (37).
Sevilya – Bunu, Navas (Montiel, 87), Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich (Mir, 66), Fernando, Jordan (Dileyni, 46), Gomes (Lamela, 58), Suso (Okampos, 46), An-Nosiri. 
Zalsburg – Ken, Kristensen, Veber (Piontkovski, 51), Sole, Ulmer, Suchich, Zayvald (Kapaldo, 79), Kamara, Aaronson, Adeyyemi (Okafor, 80), Sheshko (Adamu, 67).
Chetlatish: An-Nosiri (50).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid