Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh maxsus vakili Kobulning olinishiga Ashraf G‘anining qochishi sabab bo‘lganini aytdi
Xalilzodning qayd etishicha, “Eng oxirgi daqiqalarda ham AQShning toliblar bilan ularning Kobulga kirmasligi borasida kelishuvi bo‘lgan”, ammo G‘anining Afg‘onistonni tark etish qarori xavfsizlik sohasidagi bo‘shliqni paydo qilgan.
Foto: AR/TASS
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining mamlakatni tark etishi “Tolibon” harakati bilan erishilishi mo‘ljallangan kelishuvni yo‘qqa chiqardi, dedi AQSh maxsus vakili Zalmay Xalilzod.
U Financial Times nashriga bergan intervyusida G‘anining ketishi “Kobulning toliblar qo‘liga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik va siyosiy o‘tish jarayoni to‘g‘risidagi muzokaralarni boshlashga qaratilgan kelishuv tuzilishini yo‘qqa chiqargan”ini aytdi.
Uning qayd etishicha, “eng oxirgi daqiqalarda ham AQShning toliblar bilan ularning Kobulga kirmasligi borasida kelishuvi bo‘lgan”, ammo G‘anining Afg‘onistonni tark etish qarori xavfsizlik sohasidagi bo‘shliqni paydo qilgan. Natijada toliblar Kobulga shu kuniyoq kirib borgan.
“G‘ani qochib ketganidan so‘ng toliblar “Kobul xavfsizligi uchun sizlar javob berasizlarmi?” deb so‘rashdi. Keyin nima bo‘lganini bilasizlar. Biz bunday javobgarlikni zimmamizga olmadik”, - dedi Xalilzod.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmagani yoki tomonlardan birining muzokaralardan chiqib ketgani uchun AQSh javobgar emas”.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “soya floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026