Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes-Benz’ni bojxona postidan bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi
Farg‘onada fuqaro Mercedes-Benz’ni bojxona postidan bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
Avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etilgan.
Yuk kuzatuv hujjatlari va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, umumiy qiymati 237 million so‘mlik 1 dona “Mercedes-Benz W211” rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb noto‘g‘ri ko‘rsatilgani, shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda ko‘rsatilmagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026