Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda xorij vizalari qora bozori paydo bo‘ldi – OAV
Qayd etilishicha, Tojikistonga rasmiy viza narxi 60 dollarni tashkil etadi, ammo qora bozorda 350-400 dollardan sotilmoqda. Turkiya vizasining narxi aslida 120 dollar, qora bozorda esa 5 ming dollargacha yetadi.
Afg‘onistonda norasmiy tarzda viza rasmiylashtirish amaliyoti avj oldi, deb xabar berdi TOLO news telekanali. Ta'kidlanishicha, bu Kobuldagi aksariyat xorij elchixonalarining yopilishi, Afg‘onistonni tark etishni istovchilar soni esa oshishi bilan bog‘liq.
Kobullik Muhammad Xorunning aytishicha, u Pokiston vizasiga ega, ammo "ruxsatnoma"si yo‘qligi uchun Pokistonga o‘ta olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday "ruxsatnoma"ni Pokiston elchixonasi atrofida 200-300 dollarga olish mumkin.
"Tojikistonga rasmiy viza narxi 60 dollarni tashkil etadi, ammo qora bozorda 350-400 dollardan sotilmoqda. Turkiya vizasining narxi aslida 120 dollar, qora bozorda esa 5 ming dollargacha yetadi", — deya Kobuldagi turistik firmalardan birining direktori Shafi Samimiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonga viza 1350 dollarga tushadi.
Ta'kidlanishicha, qator turistik firmalar vizalar qora bozorini yo‘qotish uchun xorij davlatlarini o‘z elchixonalarini ochishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026