Adliya vazirining maslahatçisi Şahnoza Soatova vazir nutqidan ayrim muhim parçalarni keltirdi.
Unda aytilişiça, vazir ilmiy faoliyatning amaliyotga va bugungi kunga yetarli darajada boğliq emasligi, yuridik sohada yaratilayotgan ilmiy-tadqiqot işlarining siyosiy-ijtimoiy hayotdan uzilib, tobora nazariylaşib va yengillaşib borayotganiga töxtalgan:
“Biz yer huquqi böyiça katta qadamlarni qöydik. Bu işlar ilmiy jihatdan jiddiy tadqiq qilinişi lozim edi. Nima uçun yerga egalik huquqi berilmagan şu paytgaça? Umrbod egalik huquqi, mulk huquqi, foydalaniş va ijara huquqi kabi tuşunçalarni oçib beradigan ilmiy-ommabop maqolalar e'lon qilinmadi, izlanişlar yöq. Umuman, yerga egalik huquqini tarixiy kontekstda nazariya ölaroq tadqiq qiliş, yurtimizda yer islohotining istiqbolini prognozlaş haqidagi ilmiy izlanişlarni körmadik”.
Tadqiqotlarda ilgari surilgan takliflar yetarliça çuqur öylanmagani va fundamental ahamiyatga ega takliflar ozligi haqida ham fikr bildirilgan:
“Masalan, jazoni ijro etiş muassasalaridagi ayollar huquqlari böyiça tadqiqotni olaylik. Bu borada muammolar köp: muddatini ötab, muassasadan çiqqan ayollar bilan işlaş, ularning muammolarini örganiş, reabilitatsiya, adaptatsiyaga kömaklaşiş böyiça qilinadigan işlar ança. Lekin ilmiy tadqiqot işida muassasada jazo ötayotgan ayollarga “posilka” beriş mexanizmlari haqida takliflar berilyapti. Şunday katta mavzuda şunday mayda takliflar berilyapti.
Ilmiy işlar jiddiy mavzularda va çuqur tahliliy xarakterda bölişi lozim. Bundan keyin bunaqa yengil-yelpi ilmiy iş qiliş bölmaydi. Endi alohida talablar va mexanizmlar işlab çiqiladi. Olim nomiga loyiq bölişi kerak PHD yoqlagan odam”.
Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilişi böyiça közböyamaçiliklar bölayotgani tanqid qilingan:
“Bu borada közböyamaçilik köp. “Amaliyotga joriy etildi deb xat yozib bering, kerak edi”, deb xat qildirib olişadi. Bunaqasi ketmaydi. Amaliyotga joriy etiş masalasiga unaqa fanatik yondaşuv yaxşi emas. Amaliyotga joriy etilmasa, bu hali işning ahamiyatini pasaytirmaydi. Masalan, qança utopik asarlar bor, insoniyat tafakkurini östirgan. Bugun joriy etilmasa ertaga, beş-ön yo undan köp yillardan keyin joriy etilar. Asosiysi, bular yaxşi, işlaydigan, foyda beradigan takliflar bölişi lozim”.
Nazariyalarning amaliyotga boğlanişi yurisprudensiya sohasida nima uçun muhimligini vazir quyidagiça izohlagan:
“Nima uçun “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi juda muhim ijtimoiy loyihalar böyiça ayrim holatlarda şikoyatlar bor? Çunki fuqarolarni bu röyxatlarga kiritiş mezonlari va tartiblarini oxirigaça mukammal va obektiv mezonlar asosida şakllantiriş jarayonida masalalar bor. Har qanday islohotlar samaradorligi huquqiy institutlarning samarali işiga boğliq. Şu institutlarni işlatişni töğri yölga qöyiş, buning ilmiy asoslarini yaratiş ustida işlaş kerak. Nazariyalar amaliyotga boğlanmasa, ulardan naf yöq”.
“Oson” talabalik va ta'lim maşaqqati haqida:
“Odamlar çet elga borib pul tölab universitetga kiryapti, öqişga bormayapti ham, bir yildan keyin bizdagi nufuzli universitetga öqişni köçirib öqiyapti. Bu qança öqib, bir ball, yarim ball yetmay öqişga kira olmaganlarga nisbatan adolatsizlik-ku. Keyin ayrim talabalar domlalar bilan baho talaşib, uning ustidan yozib, şantaj qilib baho olib ketyapti. Unaqa bölmaslik kerak. Öqiş bunçalik oson bölmasligi kerak, unga kirgandan keyin mehnat qilib öqiş lozim. Xorij universiteti talabalarini qarang, imtihonlarni topşirolmay, hatto orasida öz joniga qasd qilganlari ham bor. Biz unday darajaga olib borişni istamaymiz, ammo talaba va domlalar munosabati uyğun va muvozanatli bölişi kerak. Talaba avvalo öqişi, keyin talab qilişi lozim”.
Darsliklar haqida:
“Darsliklar tili murakkab, bir jumlasi yarim betlik. Talaba uni öqib tuşunmaydi, yodlaydi. Keyin tahlil qilmay, tötiquşdek qaytarib beradi. Bu ta'lim emas-da. Talaba asosiy bilimni darslikdan olişi kerak, ma'ruzalar yönaltiruvçi böladi. Bizga yangi va yaxşi darsliklar kerak. Yuridik darsliklar böyiça inqiroz bor”.
Snos, davlatga işonç, vaksinalar haqida:
“Snos masalasi xalqning davlat organlariga işonçi va imijiga ta'sir qilmadi deya olamizmi? Odamlar bir-birini yoqiş orqali muammoni hal qilişi – bu sivilizatsiyaning ortga ketişi edi. Buni nega örganmaysizlar? Nega yuridik universitet domlalari bu boradagi huquqiy munosabatlarni örganmaydi? Birovlarning mulkini olib qöyiş tartibi, mexanizmlari va çeklovlar masalasini ilmiy örgansa böladi-ku.
Xalqning davlat organlariga işonçi naqadar muhimligini vaksinatsiya jarayonida kördik. Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning işonçi yuqori bölsa, vaksinatsiya darajasi şunça yuqori bölyapti – bular özaro töğri proporsional. Bizda vaksinatsiya juda yaxşi ketyapti deb ayta olmaymiz, çunki odamlarda işonçsizlik hamon mavjud (Boşqa davlatlardagidek bir xil vaksinalar keltirilayotgan bölsa-da). Buning sabablari ham qonuniylik va huquqiylikning ta'minlanganiga boğliq. Örganiş, tadqiqotlar bormi bu haqda?”
Ma'nan eskirgan mehnat qonunçiligi töğrisida:
“Mehnat böyiça muammolar köp, takliflar kam. Mazmunan sovet davridagi Mehnat kodeksi işlayapti haliyam. Uning talablarini, ya'ni qat'iy belgilangan ijtimoiy yuklamalarni bajara olmay, tadbirkorlar yaşirin iqtisodiyotga ötib ketyapti. Mehnat qonunçiligi bugungi reallikdan ortda qolyapti, işlamayapti şunga. Xodim uç oylab işlamasa ham tadbirkor unga oyligining 70 foizini “bolniçniy” qilib tölab yuraverişi kerak. Pul topiş oson emas, tadbirkor bunday işlolmaydi. Natijada u ham öz qoidalarini yaratyapti: xodim işga kirayotganidayoq böşaş haqida arizasi sanasini qöydirmay yozib olyapti. Bu munosabatlarni zamonaviylaştiriş kerak”.
Şu örinda bir öqituvçi vazirga mavjud bir qator muammolarni aytgan:
“Qat'iyroq talab qöygan domlalar ustidan talabalar rektorning botiga yozadi, bu domlalarga bosimni yuzaga keltiryapti. Mayli yozsin, ammo uning şikoyati komissiyada körilişi kerak.
Yana domlalar bilan muddatli mehnat şartnomasi amaliyotini töxtatiş lozim. Bu xuddiki öqituvçini işga olmasdan avval böşaşga ariza yozdirib olişdek gap. Çunki şartnoma muddati tugagaç, domla bilan yana şartnoma tuziladimi, yöqmi noma'lum. Bu öqituvçilarning ertangi faoliyatga işonçini kamaytiradi.
Şuningdek, öqituvçilar bilan konstruktiv muloqot maydoni yöq. Kengaşga kirolmaymiz. Talabaning fikrini eşitadigan rektorning boti bor. Domlalarni eşitadigan yangi platforma oçiş kerak.
Ta'lim sifatini nazorat qiliş mexanizmi ham notöğri. Talabalar öqituvçini baholayapti. Öqituvçi talabaga past baho qöysa, talaba ham past qöyyapti. Aslida ekspertlar darsni körib, eşitib baholaşi kerak”.
Ma'lumot uçun, Toşkent davlat yuridik universitetining avvalgi rektori Rahim Hakimov şu yilning iyun oyida oliy va örta maxsus ta'lim vazirining örinbosari etib tayinlanganidan söng, rektorlik lavozimi vakant bölib turibdi.












