Ma'lum qilinişiça, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, boş vazir örinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toşqulov iştirokida yiğiliş bölib ötgan.
Yiğiliş davomida siyosiy fanlar nomzodi Komiljon Karimov oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Hakimov vazirning fan va innovatsiyalar böyiça örinbosari etib taniştirildi.

Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 17 sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Rahim Hakimov esa 2019 yilning sentyabridan buyon Toşkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida işlab kelayotgandi.

Şu paytga qadar vazirlikda birinçi örinbosar va ikki örinbosar lavozimi vakant edi. Bugungi tayinlovlar bilan uşbu böş örinlar töldirildi.

















