O‘zbekiston | 12:17 / 17.09.2021
6381
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari havo issiq bo‘ladi, keyingi hafta boshida harorat pasayadi

Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko‘rsatkichi 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me'yoridan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugungi kundan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33 daraja issiqqacha, Ustyurtda 23-26 daraja issiqqacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35 daraja issiqqacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27 daraja issiqqacha pasayadi.

Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta'siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me'yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13 daraja iliqni, kunduz kunlari 26-29 daraja issiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid