Bakterial va virusli infeksiyani bir-biridan farqlovchi tezkor test ishlab chiqildi

AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bozorini nazorat qilish boshqarmasi organizmga bakterial yoki virusli infeksiya kirganini 15 daqiqa ichida aniqlovchi birinchi tezkor testni qo‘llashga ruxsat berdi. BV Test deb nomlangan test Isroilning MeMed kompaniyasi tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQSh Mudofaa vazirligi ajratgan 30 mln dollarli maxsus grant mablag‘lariga ishlab chiqilgan.
Ta'kidlanishicha, test infeksiyaning sababini aniqlamaydi, biroq u organizmning virusli va bakterial kasallanishga immun javobining o‘ziga xos tahlili hisobiga tezda natijani beradi. “Bu tashxis qo‘yishda mutlaq yangi so‘zdir. Endilikda uning evaziga bizga yo‘tal bilan bola keltirilganda, yo‘tal bakterial infeksiya bilan chaqirlanganmi yoki viruslimi, tezda aniqlab, shunga qarab dori-darmon beramiz. Agar infeksiya bakterial tabiatga ega bo‘lsa, unda antibiotik tayinlanadi, virus bo‘lsa, unda antibiotik berib bo‘lmaydi”, deb aytgan Utrext universiteti (Niderlandiya) tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, testning klinik sinovlarida ishtirok etgan Lui Bont.
Yangi test ushbu markazda 3 oydan beri sinovlardan o‘tkazilmoqda. Testni o‘rganishda va uning sinovlarida, shuningdek, Garvard tibbiyot maktabi, Nyu-Yorkdagi Maymonid nomidagi markaz va Isroildagi Xillel Yaffe tibbiyot markazi olimlari ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?
Jamiyat | 12:35
-
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
O‘zbekiston | 11:23
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
Mavzuga oid

08:40 / 18.03.2025
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

18:21 / 18.10.2024
Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot

15:28 / 07.10.2024
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi

07:38 / 02.10.2023