Nega kuzda şamollaş köpayadi?
Kuz faslida tonggi havo sovuq, kun davomida nisbatan iliq, keçqurun yana salqin bölişi keng tarqalgan hodisa. Ana şu keskin farqlar odamlarning soğliğiga bevosita ta’sir körsatadi.
Avvalo, kun davomida ob-havo özgarişi organizmni stressga soladi. Tanamiz har bir harorat özgarişiga moslaşiş uçun energiya sarflaydi. Ertalab sovuq bölganda teri va tomirlar torayadi (vazokonstiriksiya), tana issiqlikni saqlaşga harakat qiladi; kunduzi issiq bölganda esa aksinça qon tomirlari kengayadi. Bu tez-tez takrorlansa, organizm “doimiy moslaşiş” holatida qoladi va stress gormoni (masalan, kortizol) darajasi oşadi.
Qisqa muddatli stress immun tizimning ayrim qismlarini zaiflaştiradi: organizm şoşilinç “tezkor javob”ga e’tibor qaratib, uzoq muddatli himoya funksiyalarini töliq boşqara olmasligi mumkin. Oqibatda organizmning mikroblarga qarşi kuraşiş samarasi pasayadi.

Kuz kelganidan keyin atmosferada yozda töplangan issiqlik sekin-asta tarqalib ketadi va harorat pasayişi bilan havodagi absolyut namlik (ya’ni suv buği miqdori) kamayadi. Sovuq havo issiq havoga qaraganda namlikni uzoq “uşlab” tura olmaydi, şu bois kuz va qişda havoning quruqligi köproq seziladi. Havoda namlik kamayganda viruslar uzoqroq yaşaydi va tezroq tarqaladi. Şu bilan birga, past namlik burundagi himoya qatlami faoliyatini susaytirib, viruslarga yöl oçib beradi.

Kuzda infeksiya köpayişining yana bir sababi — ijtimoiy hayot faollaşuvi. Öquv yili boşlanib, bolalar sinfxonalarda köp vaqt ötkazadi, kattalar yopiq joylardagi yiğiliş va turli ijtimoiy tadbirlarda qatnaşadi. Mazkur holat viruslarning odamdan odamga ötişini osonlaştiradi.
Bundan taşqari, kuz-qiş davrida quyoş nuri tuşişi davomiyligi qisqaradi. Natijada odam organizmida D vitamini miqdori pasayadi, bu esa immunitetni yanada zaiflaştiradi va kasallikni yuqtirib oliş xavfi ortadi.










