Kosmetologiya tarixi şuni körsatadiki, köp hollarda odamlar salomatlik xavflaridan ustun holda taşqi körinişni birinçi öringa qöygan, xavflar haqidagi ogohlantirişlar esa e’tiborsiz qolgan. Kosmetologik muolajalarning keng tarqalişi, ayniqsa invaziv usullar, salbiy oqibatlar va infeksiya xavfini oşiradi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali şakllantirilayotgan gözallik standartlari salomatlik xavflarini köpinça inkor etadi. Tabiiy gözallikni qabul qilmaslik, qariş jarayonini rad etiş va salomatlikka beparvolik xavfsizlik masalalarini ikkinçi öringa surib qöyadi.

Bugun kosmetologik xizmatlar soni tobora ortişi fonida mutaxassislar soğliq uçun xavfsizlik masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidlamoqda. Joriy yilda Özbekistonda kosmetologiya xizmatlari bilan boğliq şikoyatlar keskin oşgan. Raqobat qömitasi ma’lumotlariga köra, 2021 yilda bunday murojaatlar soni 62 bölgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 381 gaça oşgan, 2025 yilning birinçi yarmida esa 200 ta murojaat qayd etilgan.

Nega bu muammo paydo bölmoqda?

Birinçi sabab — kosmetologiya sohasining litsenziya va nazorat mexanizmi bilan boğliq muammolar. Tahlillarga köra, köplab salonlar va “kosmetologlar” faqat ijtimoiy tarmoq körsatmalaridan kelib çiqib, teriga inʼeksiyalar olib borişmoqda, köpçiligida buning uçun kerakli tibbiy bilim va litsenziya yöq. Ularning aksariyati qisqa kurslarni tugatib olingan sertifikatlar bilan faoliyat olib borişadi. Bu esa kosmetologik xizmat körsatiş uçun yetarli darajada xavfsizlik standartlarini anglatmaydi.

Mutaxassislar esa kosmetologiya — bu faqat estetika emas, balki tibbiy jihatdan ham murakkab xizmat ekanini ta’kidlaydi. Jarayonda teriga ta’sir etuvçi inʼeksiyalar, apparatlar va ximik moddalar qöllanadi, şuning uçun ularning xavfsizligi va töğri bajarilişi faqat malaka va litsenziyalangan mutaxassis tomonidan ta’minlanişi kerak.

Qanday infeksiyalar xavf tuğdiradi?

Polşada ötkazilgan kosmetologik xizmatlarda epidemiologik xavfsizlikni baholaş böyiça tadqiqotda kosmetologik muolajalar turining köpayişi salbiy oqibatlar va infeksiya xavfining ortişiga olib kelayotgani isbotlandi. Tadqiqotda 813 nafar kosmetologlar maxfiy tarzda iştirok etişdi va Davlat sanitariya inspeksiyasi xodimlari tomonidan tekşiruv jarayonida ötkazildi. Natijalar şuni körsatdiki, kosmetologiya xizmati körsatuvçilar kasbiy xavf va infeksiya yuqişini baholaş masalasida töliq tayyor emas. Respondentlarning 84 foizi işlatadigan buyumlarini faqat yuviş bilan çeklanganini bildirgan. Ayrim muassasalarda umuman dezinfeksiya amalga oşirilmagan, taxminan 13 foizida esa sterilizatsiya ötkazilmagan. Ignalar, ampula-şpritslar yoki ustaralar orqali şikastlaniş holatlari kuzatilgan.