2026 yilda Özbekistonda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan boğliq holatlar biroz ortgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qömitasi xabar berdi.

Infeksiya keng tarqalişining oldini oliş maqsadida 8 024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bölgan 4 862 kişi emlaş bilan qamrab olingan.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yil 1 çoragida respublikada 174 ta meningokokk holati röyxatga olingan. Şundan 168 nafari 14 yoşgaça bölgan bolalarni taşkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga köra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamaygani kuzatilgan.

Meningit — bu boş va orqa miya pardalarining yalliğlanişi bölib, köpinça bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi. U tez rivojlanişi bilan xavfli hisoblanadi.

Qömita infeksiyaning oldini oliş böyiça quyidagi çoralarni tavsiya qilgan:

  • öz vaqtida emlaniş;
  • şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş;
  • kasallik alomatlari kuzatilganda darhol şifokorga murojaat qiliş;
  • jamoat joylarida ehtiyot çoralarini köriş;
  • Haj va Umra safarlariga borişdan avval meningokokk infeksiyasiga qarşi emlaniş, ziyoratdan kelgandan söng esa ommaviy tadbirlardan çeklaniş.

Qömita emlaş meningokokk infeksiyasidan işonçli himoyalanişning eng samarali usullaridan biri ekanini ta’kidlagan.