Jamiyat | 16:17 / 20.09.2021
10520
2 daqiqa o‘qiladi

Biror joyi qonasa qonni to‘xtatib bo‘lmaydi: 14 yoshli Sevinch og‘ir dardga chalingan

Samarqand viloyati Payariq tumanida istiqomat qiluvchi Ixtiyor aka Qarshiboyev og‘ir dardga chalingan yagona qizi Sevinch Umirovani davolatish maqsadida rafiqasi bilan tahririyatimiz eshigini qoqib kelishdi.

Ular Ingichka mahallasida, ancha nochor ahvolda yashashadi. Ixtiyor akaning boshidan ko‘rgiliklar ko‘p o‘tgan. Birinchi oilasi — rafiqasi va bolalari yong‘inda nobud bo‘lishadi. Ikkinchi bor oila qurgach, to‘ng‘ich farzandi, yagona qizi 14 yoshli Sevinch juda kamyob va og‘ir kasallikka chalindi.

Sevinch immun trombotsitopeniya kasalligining surunkali ko‘rinishi, garmonorezistent shakliga duchor bo‘lgan. Uning biror joyi qonasa, qon tinmasdan oqa boshlaydi va faqat do‘xtirlarning yordami bilan uni to‘xtatish mumkin.

Oila juda nochor ahvolda yashaydi. Ixtiyor aka mavsumiy ishlarga chiqadi. Ro‘zg‘or bekasi Gulchehra Boynazarova qizini parvarishlash bilan band. Boshqa ish qilmaydi. Ayni paytda oila Sevinchni davolatish uchun saxiy insonlarning yordamiga juda muhtoj.

Bemor Sevinch Umirovaning otasi Ixtiyor Qarshiboyev qizi ikki kurs davolanishni to‘liq o‘tash uchun uydagi mol-hollarni sotib bo‘lgani, uyda sotgulik hech vaqo qolmaganini aytib berdi.

Onasi Gulchehra Boynazarova Allohdan va saxovatpesha insonlardan umid qilayotganini yig‘lab so‘zlab berdi.

Qizning talog‘i shishgani uchun operatsiya qilib olib tashlangan. “Atgam” nomli qimmatbaho doridan yana xarid qilishlari kerak.

Biz saxovatpesha hamyurtlarimizni og‘ir dardga chalingan Sevinch Umirovani davolatish uchun qimmatbaho dorilar xarid qilishda bu jafokash oilaga yordam qo‘lini cho‘zishga chaqirib qolamiz.

Ehsonlaringizni Sevinchning onasi Gulchehra Boynazarova nomiga ochilgan plastik kartochkalarga ko‘chirib berishingiz mumkin.

UZ CARD: 8600 0423 6715 3326

HUMO: 9860 0303 3243 8073

VISA: 4023 0602 3924 1317

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev

Mavzuga oid