O‘zbekiston | 08:43 / 20.09.2021
3236
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 8 oyda Xitoy va Rossiyadan 6,4 mlrd dollarlik mahsulot sotib oldi

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma'lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu ikki davlatning har biridan 3,2 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 1,7 mlrd;
  • Koreya – 1,2 mlrd;
  • Turkiya – 1,0 mlrd;
  • Germaniya – 434,8 mln;
  • Hindiston – 307,7 mln;
  • Turkmaniston – 297,6 mln;
  • Litva – 269,8 mln;
  • Italiya – 267,3 mln AQSh dollari.

2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi 15,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid