O‘zbekistonning Global innovatsion indeks baholash reytingida yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan va salbiy natija qayd etilgan yo‘nalishlari ma'lum qilindi
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 36 pog‘onaga yuqoriladi. Shu bilan birga past ko‘rsatkich qayd etilgan yo‘nalishlar ham tahlil qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma'lum qildi.
“Mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinda qayd qilindi. Bu natija mamlakatimizning reytingdagi o‘tgan yilgi o‘rnidan 7, 2015 yilgi o‘rnidan esa 36 pog‘ona yuqori.
Qator indikatorlarda 8 ta yo‘nalishda 8 pog‘onadan 42 pog‘onagacha yuqori bosqichga ko‘tarilish kuzatilgan. Ayniqsa, Axborot xizmatlari eksporti bo‘yicha 42 pog‘onaga ko‘tarildik”, dedi vazir.
Reytingda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga bo‘lingan (yuqori daromad, yuqori o‘rta, quyi o‘rta va past daromad) bo‘lib, O‘zbekiston o‘z guruhida (quyi o‘rta daromad) 34 davlat orasida 10-o‘rinni egalladi va quyi-o‘rta daromadli mamlakatlar qatorida top 10 talikka kirdi.
“Turkiya, Paragvay, Pokiston, Yaman, Ekvador, Argentina, Zimbabve, Eron va O‘zbekiston salmoqli qadamlar bilan yuqorilagan mamlakatlar sifatida tan olindi. Rossiya yoki Xitoy mamlakatlarida yuqorilash ko‘rsatkichi 2 pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
O‘sish sur'atlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, bu yil Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi o‘z o‘rnimizni saqlab qoldik. Ya'ni hududiy davlatlar o‘rtasida 4-o‘rindamiz”, deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shu o‘rinda Abdurahmonovning aytishicha, 10 ta yo‘nalishda O‘zbekistonda salbiy natijalar qayd etilgan. Jumladan, Jahon banki tomonidan boshqariladigan normativ hujjatlar yo‘nalishida 126-o‘rin, Oliy ta'limga xorijdan talabalarni jalb qilish bo‘yicha 105-o‘rinda, xorijda moliyalashtiriladigan tadqiqot va ishlanmalar yalpi xarajatlarini jalb etish bo‘yicha 97-o‘rin qayd etilgan. Keyingi yillarda mana shu yo‘nalishlarda ham tegishli vazirlik va idoralar bilan ish olib borish kerakligi ta'kidlandi. Shunda 2030 yilga qadar Global innovatsion indeks baholash reytingida O‘zbekiston yetakchi 50 ta davlat qatoriga kirish uchun imkoniyatni yanada oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur reytingda O‘zbekiston 2020 yilda 93-o‘rin va 2015 yilda 122-o‘rinlarni egallagan edi.
Mavzuga oid
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024
Apple AQShdagi eng samarali boshqaruvga ega kompaniyaga aylandi
17:18 / 03.12.2024