Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Bundan avval mamlakat reytingda 2020 yil 93-o‘rin va 2015 yilda 122 o‘rinlarni egallagan edi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning dunyo miqyosida kuchli indikatorlari quyidagilar: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” - 7-o‘rin, “Biznesni yo‘lga qo‘yishning soddaligi” - 8-o‘rin, “Mehnat unumdorligi” - 8-o‘rin, “Kapitalni yalpi tarzda to‘plash” - 7-o‘rin, “Ta'lim uchun davlat xarajatlari” - 28-o‘rin.

Global innovatsion indeks reytingida Shveytsariya 1-o‘rin, Xitoy 12-o‘rin Rossiya 45-o‘rin, Qozog‘iston 79-o‘rin, Qirg‘iziston 98-o‘rin, Tojikiston 103-o‘rinni egalladi.