Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga boradi
2021 yil 21 sentabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Qirg‘iziston (Bishkek shahri)ga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Tanzila Norboyeva va Qirg‘iziston Jokorgu Keneshi torag‘asi Talant Mamitov o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Tashrif doirasida mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash uchun barqaror aloqalarni shakllantirishga qaratilgan “O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari muloqoti” xalqaro biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Unda xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkor ayollar o‘rtasida mamlakatlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Delegatsiya a'zolari shuningdek, “Ata-Beyit” yodgorlik majmuasi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov uy-muzeyiga tashrif buyurishi kutilyapti.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
15:00 / 03.06.2026