Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” rahbariyati Rossiya, Xitoy va Pokiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi
Muzokaralarda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov, Pokistonning Kobuldagi maxsus vakili Muhammad Sodiq Xon hamda Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun ishtirok etadi.
“Tolibon” hukumati rahbari mulla Muhammad Hasan Oxund Kobulda Rossiya, Xitoy va Pokiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda harakat vakili Ahmadulla Muttaqiy ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, muzokaralarda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov, Pokistonning Kobuldagi maxsus vakili Muhammad Sodiq Xon hamda Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun ishtirok etadi.
Toliblar tomonidan vazirlar mahkamasining qator a'zolari, jumladan, moliya vaziri Hidoyatulla Badriy hamda tashqi ishlar vaziri Amir Xan Muttaqiy qatnashadi.
Bo‘lajak uchrashuvning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026