Jahon | 23:07 / 22.09.2021
3160
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden va Makron oktyabr oxirida Yevropada uchrashuv o‘tkazadi

Ma'lumot berilishicha, Fransiya elchisi kelasi haftada Vashingtonga qaytadi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonchni ta'minlash bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar jarayonini boshlashga kelishib oldi. Bu haqda Oq uy ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha bergan bayonotda aytilmoqda.

Ma'lumot berilishicha, ular o‘zaro umumiy anglashuvga erishish maqsadida oktyabr oyida Yevropada uchrashuv o‘tkazadi.

“Prezident Emmanyuel Makron Fransiya elchisi kelasi haftada Vashingtonga qaytishiga qaror qildi”, – deyiladi bayonotda.

Muloqot vaqtida ikki davlat yetakchisi Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh ishtirokida tuzilgan yangi alyans mavzusini muhokama qilgan. 

Qayd etilishicha, telefon orqali muloqot Amerika tomonining so‘roviga asosan amalga oshirilgan.

15 sentyabr kuni Avstraliya, Birlashgan Qirollik hamda AQSh yangi harbiy alyans AUKUS’ni tashkil etishdi. Avstraliya Fransiyaning Naval Group konserni bilan 2016 yilda tuzilgan 12 ta suvosti kemasi yetkazib berish haqidagi 36,5 mlrd dollarlik shartnomani bekor qildi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Iv Le Drian bu qarorni “ortdan pichoq urish” va “ittifoqchilar o‘rtasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakat” deb atadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid