Mafkura – millat mayoği. Bizda millatni birlaştiradigan mafkura bormi?
|20:50 / 22.09.202127 92114 min
Oxirgi vaqtlarda Özbekistonda «milliy mafkura», «milliy ğoya», «ma'naviyat» sözlari şu vaqtgaça ahamiyatsiz söz bölgani tanqid qilina boşlandi. Çunki odamlar bu sözlar zamirida berilgan ğoyalarni real hayotda aks etganini körişmadi. Oqibatda köpçilik bu sözlarni eşitib, yuzini buradigan böldi.
Mafkura nima özi? U muayyan millat, xalq, ijtimoiy qatlamni ilhomlantiradigan ğoyalar, qaraşlar majmuasi. Bir qaraşda şunday tasavvur paydo böladi: mafkura, ğoya va ma'naviyatsiz ham binoyidek yaşayapmiz. Undan köra real amalga oşadigan sohalarga e'tibor qaratganimiz ma'qul. Aslida ham şundaymi? Özi bizga mafkura kerakmi?
Hayrat
Turkiyaga borsangiz, köçada har yerda mamlakat bayroğiga közingiz tuşadi. Uylar, odamlarning qölida, hatto butun boşli avtomobil bayroq rangida, yarim oy va yulduz tasviri tuşirilgan. Milliy bayroğiga nisbatan turklarning hurmati nima sababdan bunçalik baland? Vatanni şunçalik kuçli seviş mumkinmi?
Anqaradagi Otaturk qarorgohiga borganimizda, turk oilasining suhbatini eşitib qoldim: ota qiziga Turkiya asosçisi bölgan Kamol Otaturkning yurt uçun qilgan işlari haqida faxr bilan sözlab beryapti. Ular şunça yillar ötsa-da, mamlakat asosçisining yurt uçun qilgan işlaridan faxr tuyğusini his qilişyapti.
Odamlar uyining töriga bayroq ilişdan, öz Vatanini sevişidan mağrurlanadi. Faqat bayramlarda esga oladigan bizlardan farqli ölaroq, ular Vatanni har on yodda tutişadi. Turklar şu yurt meniki, degan mafkura bilan yaşaydi. Sözimni bejizga bayroqdan boşlamadim. U ham mafkurani aks ettiruvçi kuçli vositalardan biri.
Xöş, qanday mafkura turklarni öz Vatanini sevişga undayapti? Uning asosi nimada? Qanday ğoya turklarni jipslaştirib, yagona umummilliy maqsad sari eltmoqda? Bizda şunday yagona milliy mafkura bormi? Özi milliy mafkura Özbekiston xalqiga kerakmi yoki şunçaki balandparvoz gapmi? Savollarga javob oliş uçun mutaxassislar fikrini bilişga harakat qildik.
«Mafkura jamiyatdagi turli tebranişlarga, taşqi tahdidlarga javob bera olişi zarur»
Zavqiddin Gadoyev, sotsiolog:
«Islom Karimov mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuçliroq degandi. Agarda qayerda böşliq hosil bölsa, özga mafkura kelib joylaşadi. Bugun rivojlangan dunyoning har jabhasida mafkura maşinasi işlayotganiga guvoh bölamiz. Dunyoda mafkuraviy tahdid, okkupatsiya uçun juda köplab ilmiy tekşiriş institutlari faoliyat olib boradi.
Mavzuga oid
Birgina Hollivudni oling: uşbu yirik kinosanoatni AQŞning mafkuraviy maşinasi deb bilaman. Fantastik filmlarda deyarli bir xil syujyet böladi: Yer sayyorasiga meteorit yoğiladi-yu, yerlik oddiy muhandis yoki AQŞ harbiysi Yerni qutqarib qoluvçi qahramonga aylantiriladi. Juda köp filmlarda mana şu ğoya aks etadi. Bu AQŞning buyukligini har damda odamlar ongiga singdiriş usuli. Hattoki multfilmlarda ham şu narsa singdirilgan.
Xitoy ham öz ğoyalarini butun dunyoga singdirişning boşqaça yölidan bormoqda. U öz mahsulotlari orqali ongni egallaşga urinmoqda. Bugun uyimizda heç bölmaganda bir dona bölsa ham Xitoyda işlab çiqarilgan buyum bor. Bu ham mafkuraviy ta'sirning bir körinişi. Mafkura biror şakl yoki ğoya emas, balki moddiyatda ham eks etişi mumkin.
Mafkura ma'lum xalq, millatning ezgu maqsadlarini, manfaatlarini özida ifoda etib, xalqni jipslaştirişi kerak. Bu mafkurani işlab çiqişga yetarliça tajribamiz, kuçimiz bor, ammo hukumatni hozir bu narsa öylantirayotgani yöqdek.
Oliy öquv yurtlarida gumanitar fanlar – sotsiologiya, milliy ğoya va mafkura, siyosatşunoslik, dinşunoslik fanlari öquv rejadan butunlay çiqarib yuborildi. Falsafa fani qoldirildi, xolos. Kadrlar ongini mafkuraviy jihatdan töyintirişni öylamayapmiz. Uşbu fanlarsiz qanday kadrlar yetişib çiqadi? Tafakkur qilolmagan şaxs heç qaçon vatanparvarlikni öz tanasida his qilolmaydi.
Biz yetiştirayotgan kadrlarga ingliz tili, matematikani örganişni birinçi darajaga qöydik. Avvalo, u öz maqsadlarini Vatani bilan uyğunlikda köra olişi kerak. Qimmatli kadrlarimiz xorijga oqib ketayotgani ham bejizga emas.
Mafkurasiz yaşaş qiyin, çunki u jamiyat a'zolarini birlaştiriş vazifasini bajaradi. Har bir harakatda, har bir jabhada inson özi tuğilib-ösgan yurti uçun ozgina bölsa-da vatanparvarlik hissini sezadi va şunga qarab harakat qiladi. Bizga şunday mafkura kerakki, u jamiyatdagi turli tebranişlarga, taşqaridan böladigan tahdidlarga javob bera olişi zarur».
«Turklar turk sözining ma'nosini, ajdodlari kim ekanligini juda yaxşi biladi»
Jumali Şabanov, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti turkşunoslik fakulteti dekani, professor:
«Heç bir xalqning ğoyasi birdaniga şakllanib qolmaydi, uning tarixiy ildizlari böladi. Aynan Turkiya haqida gapirsam, mamlakatning milliy mafkurasi Vatan va millat birligiga asoslangan. Özbekistonda pasportga qaysi millat vakili bölsangiz, öşa yozib qöyilgan. Turkiyada aksinça, millati yozilmaydi, fuqarolarga qaysi millat vakili bölişidan qat'i nazar, pasportda «Turkiya vatandoşi» degan söz qayd etiladi. Turkiyada juda köp millat va elat vakillari yaşaydi va ular bitta ajralmas Vatanning bölagi ekanligi ğoyasi atrofiga birlaşgan.
Turklarda mafkura şunçalik kuçliki, askar jangda halok bölsa, uning yaqinlari bundan faxrlanişadi. Farzandining Vatan uçun şahid ketişi ota-ona uçun katta ğururdir. Bayroqqa bölgan muhabbati esa özgaça: askarlarni bayroqqa örab kömişadi.
Ular milliy madhiyani özgaça hurmat qilişadi. Madhiya yangrasa, nima iş qilayotganidan qat'i nazar haykaldek töxtab jon dili bilan tinglaydi. Har bir mamlakat fuqarosi madhiyani yoddan biladi. Turk maktablarida har yili madhiyani çiroyli kuylaş böyiça respublika miqyosida musobaqa ötkaziladi. Bolalar juda katta tayyorgarlik körişadi. Bu taşabbus ham madhiyani aholi orasida keng yoyiş va uning ma'nosini yoşlarning ong-şuuriga singdirişda katta rol öynaydi.
Ularda ham bizdagi kabi Vatan himoyaçilari kuni nişonlanadi. Öşa kuni imkoniyati çeklanganlar bir kunga harbiy xizmatga çaqirilib, askarlar libosini kiyişadi, qöliga avtomat tutişadi. Ular ham hayotida bir marta bölsa-da, Vatan qançalik muqaddasligini yuragidan his qilib köradi.
Bizda bolalar nimadandir qörqitib tarbiyalanadi: ota-onangdan qörq, boğça opangdan qörq, ustozingdan qörq, maktab direktoridan qörq, domladan qörq. Fikrimça, turklarda aksinça holat: Vatanni, ota-onani, tabiatni, odamlarni sev, degan ruhda tarbiyalaşadi.
Mafkuraning asosi qadriyatlarga borib taqaladi. Qaysi millat öz qadriyatlarini sevsa, tarixini çuqur bilsa, özligini anglaydi. Özlikni anglasa, öz xalqini, tuproğini hammadan köra köproq sevadi. Turkiyaga birinçi marta 1988 yilda borganimda, 9-sinf öquvçilariga darsga kirganman. Sovet davlatidan, fazogir Yuriy Gagarin mamlakatidanman, deganimda, öquvçilardan biri bizga Gagarinni kimligi emas, nima iş qilgani qiziq, degandi.
Özbekistonda biz ajdodlarimizdan faxrlanamiz-u, qanday qilib ularday bölişni bolalarimizga örgatmaymiz. Beruniy, Mirzo Uluğbek, Navoiy haqida çuqur biladigan, asarlari ma'nosini tuşunadigan yoşlar juda kam. Tarixni töğri talqin qila olgan, ajdodlari kimligini, özligini, qayerdan kelib çiqqanini bilgan insongina tuğilib ösgan yurtini boşqaça qadrlaydi, deb öylayman.
Turklarning hayotida milliy mafkura qançalik ahamiyatga ega? Har bir turkiyalik turk sözining ma'nosini juda yaxşi biladi. Turk deganda köz oldiga Göröğli yoki Usmon keladi. Butun xalq bitta bayroq ostida birlaşa olgan. Turklarning köpçiligi qilayotgan işi orqali jamiyatga qandaydir foyda keltirişni öylaydi. Jamiyatda adolat asosiy prinsip deb qabul qilingan. Bular milliy mafkurasiz amalga oşmagan bölardi.
Germaniyada rasmiy ravişda 5 milliondan ortiq turklar bor. Boşqa Yevropa davlatlarida ham turklar köp. Lekin hammasining uyi Turkiyada. Ular buni juda yaxşi his qila olgan. Ular Vatanidan uzoqda bölsa-da, topgan pulini Turkiyaga tikadi: maktab, boğça quradi. Bizda vaziyat qanday? Yoşlar xorijga ketiş va öşa yerda qolib ketişni öylaşadi. Töğri, ketiş kerak, u yerning tajribasini örganiş kerak. Lekin qaytib kelib Özbekiston rivojlanişiga ham hissa qöşiş kerak.
Yoşlarga Vatanni sevişni örgatadigan eng katta vosita bu armiyada xizmat qilişdir. Vatanni himoya qiliş qançalik maşaqqatli ekanini öz közi bilan körgan, tanasida his qilib körgan odam borki, Vatan qadrini köproq his qiladi. Hatto qizlarniyam armiya tarkibiga erkin olişimiz kerak.
Turkiyada har yili 23 aprelda bolalar kuni nişonlanadi. Öşa kuni prezidentlikdan tortib boşqa yuqori lavozimlar bolalar boşqaruviga beriladi. Prezidentlik lavozimi uçun eng kuçli va salohiyatli bola saralab olinadi. Bir kun bölsa-da mamlakatni yoş bola boşqaradi. Ularda davlat boşqaruvini örgatadigan alohida maktablar bor. Madaniyatimiz va tarixiy ildizimiz bir bölgan turklardan örganadiganlarimiz juda köp va ularni kör-körona emas, özimizga moslaştirib özlaştirsak maqsadga muvofiq bölardi».
«Mafkura – mayoq, mafkura – millatning hayot-mamot masalasi. U inson tabiatiga mos, xalqona bölişi kerak»
Olim Toşboyev, filologiya fanlari nomzodi, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist:
«Mafkura arabçadan tarjima qilinganda fikrlamoq degan ma'noni bildiradi. Milliy mafkura deganda millatning fikriy birligi, ğoyaviy yakdilligi tuşuniladi. Ikki-uç odamning boşi qovuşgan joyda, albatta, muayyan ğoya, fikr böladi. Hatto jinoiy guruhlar ham ma'lum bir ğoya atrofida uyuşadi.
Mustaqillik mafkurasi, milliy istiqlol ğoyasi atrofida butun jamiyat birlaşgan edi, desak yolğon böladi. Odamlar yolğon ğoyaga işondi, sarobga ergaşdi, ammo milliy istiqlol mafkurasiga yuragini bermadi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq milliy mafkurani şakllantiriş masalasi qöyilgan edi.
Lekin bozor iqtisodiyoti, pul va manfaat ma'naviyat, mafkura va ma'rifat istehkomlarini yemirib taşladi. Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan «Milliy istiqlol ğoyasi: asosiy tuşunça va tamoyillar» risolasidagi biror-bir gapni inkor eta olmaysiz. Söz boşqa, amal boşqa bölgan joyda donişmandlarning yuzi şuvut böladi. Xalqning noçor turmuşi nekbin ğoyalarni yöqqa çiqardi. «Özbekiston — kelajagi buyuk davlat» degan şiorga közi tuşgan odamning ensasi qotadigan böldi.
Özbekiston islom dini rivojiga bemisl hissa qöşgan uluğ allomalar, mutafakkirlar yurti. Aholisi asosan musulmonlardan taşkil topgan mamlakatning ğoyaviy yönalişi, jamiyat mafkurasi, albatta, Qur'on va hadisga tayanmasligi mumkin emas. Sovet tuzumi davrida Leninning «Öqiş, öqiş va yana öqiş» degan gapi har bir maktab peştoqiga, sinfxonalarga yozilgan bölardi. Bugun ham bu ibora beixtiyor yodga tuşadi, miyaga singib ketgan.
Çunki xalqimiz ruhiyatidagi islomiy aqida, Qur'on körsatmasi – öqişga bölgan rağbatga yöqsillar dohiysining gapi juda uyğun edi. Aytmoqçimanki, milliy mafkura xalqning milliy mentalitetiga mos bölmasa, uning ruhiyati, tafakkuriga tayanmasa u har qança çiroyli va jozibador şiorlar bilan bezatilmasin, ta'siri bölmaydi. Biz buni yaqin tarixda kördik.
Vatanparvarlik uluğ tuşunça. Dasturxoni tökin bölmasa-da, tuğilgan yurtini hamma narsadan aziz biladigan, izzai mömin – haromligini çuqur anglagan insonlarga qulluq. Lekin, ming afsuski, soxta vatanparvarlar tufayli bu tuşunça boşqaça ma'no anglatayotgani ham rost.
Ön yilça ilgari bir maşhur yallaçining suhbatida bölib qoldim. Öşanda u kibr bilan «Okaxonlar etişvotti. Narodniy olişim uçun vatan haqida bitta-ikkita qöşiq etişim kerak ekan. Qöşiq tayyor. Klipga dodaning qaysi rasmini qöysam. Şuni öylavomman», degan edi.
Bundan bir-ikki yil avval yangi milliy mafkura işlab çiqiş ustida bir qança yiğiliş va muhokamalar ötkazildi. Lekin bugun bu haqda OAV, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy minbarlarda muhokama–munozara sadosi eşitilayotgani yöq. Balki, milliy mafkura şartmi, deganlar pallasi tarozida oğir kelayotgandir?
Mafkura – mayoq, mafkura – millatning hayot-mamot masalasi. U inson tabiatiga mos, xalqona bölişi şart. Xalqona qaraşlar öqtomiri esa islom dini bilan çamçabarças boğliq. Insonning qanday mavjudotligi, uning fe'li, tabiati Qur'onda aniq-tiniq tasvirlangan. Yaratganning xohiş-irodasiga zid, hayotdan uzoq, inson fe'l-atvoriga mos tuşmaydigan ğoyani jimjimador sözlar bilan ming bezamaylik – befoyda».
Söngsöz örnida
Xalqlarni jipslaştirib, birgalikda rivojlanişga undaydigan kuçli mafkura Özbekistonga ayni damda juda kerak. Afsuski, jamoatçilik bu haqida hozirça gapirmayapti. Mafkura, ma'naviyat, milliy ğoya haqida gapirsangiz, odamlarning ensasi qotadi. Töğri, ilgari mafkura amaliy hayotda öz aksini topmadi, ammo yangisini yaratişga nima tösqinlik qilyapti?
Odamlarni tuşkun kayfiyatdan çiqariş uçun pandemiya uzayişiga xizmat qilayotgan keraksiz, çiqimli festivallar taşkil qilişdan köra, kuçli mafkurani yaratiş biz uçun foydaliroq bölardi. Mafkura insonlar orzu-umidini özida mujassam etmayaptimi, uni özgartiriş kerak, butunlay yöq qiliş emas. Qaçonki odamlarimiz Vatanni sevişini faqatgina rasmiy davralarda körsatmasdan oddiy hayotida ham his qila olsa, demak, biz kuçli mafkuraga erişgan bölamiz.