Qönğirot uzumlarini öz közimiz bilan körgani yöl oldik. Bu qişloqda işkomsiz uy topiş qiyin. Har bir xonadon köça yuziga ham söritok kötarib, uzum ekkan.





Uzumning tanasini zang deyişadi. Zangdan ösib çiqqan novdalarda xuddi atay ğuj ilib qöyilgandek osilib turgan uzum boşlarini körasiz. Tokzorlardagi pokizalik, birorta nuqsoni yöq mevalar boğbonlarning öz kasbining mirişkori ekanligidan dalolat.
Biz usta boğbon Abdumannob Qöldoşevning tokzoridamiz. Yarim gektarlik boğda uzumning “Kelin barmoq”, “Rizamat ota”, “Ketmon sopi” va “F1” navlari parvarişlanar ekan. Köz tegmasin hosil juda möl. Toklar osti orasta çopilgan, birorta begona öt ham körmaysiz. Nuroniy boğbonning aytişiça, tok ostining doim çopilgan holda, pokiza turişi uzumning şirali bölişiga sabab ekan.


«Qönğirotda qadimdan uzum yetiştirib kelinadi. Xonadonlarda 100-150 yillik uzumlar bor. Maşaqqati ham öziga yaraşa. Kuzda kesib kömamiz, bahorda yana oçib taraymiz. Sifatli hosil oliş uçun tinimsiz mehnat qilinadi. Ajdodlarimiz, ota-bobomizdan meros kasb bu. Boğimizda tört xil uzum yetiştirsak, bularning teng yarmi eksportga ketadi.





















