38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari
Asaka tumanida 38 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga 100 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Bu ishda uning turmush o‘rtog‘i vositachi bo‘lgan. Sud er-xotinni ma’muriy jazoga tortdi. Holatga ommaviy axborot vositalari e’tibor qaratishi ortidan prokuratura sud hujjatlarini o‘rgana boshladi.

Sud qarorida keltirilishicha, holat 2024 yilning 9 noyabr kuni Asaka tumanining Yuksalish mahallasida bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan erkak o‘z yashash xonadonida voyaga yetmagan qizdan jinsiy ehtiyojini qondirib qo‘yishini so‘ragan. U qizga buning uchun 100 ming so‘m taklif qilgan.
Erkakning 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i esa voyaga yetmagan 13 yoshli qo‘shni qizdan erining jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishini so‘rab, buning uchun unga 50 ming so‘m berishini aytgan. Qiz ularning bu harakatidan qo‘rqib, uydan qochib chiqib ketgan.
Erkak sudda aybiga iqror bo‘lgan hamda turmush o‘rtog‘idan voyaga yetmagan qo‘shni qizni o‘zining jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishi uchun yashash xonadoniga olib chiqishini so‘raganini, so‘ngra o‘zi uxlab qolganini bildirgan.
Ayol ham qilmishidan pushaymonligini aytgan.
“2024 yil 9 noyabr kuni turmush o‘rtog‘im mendan jinsiy ehtiyojini qondirib qo‘yishi uchun qo‘shnimni olib chiqishni so‘radi. Ammo men voyaga yetmagan qo‘shni qizni uyga olib kirib, agar turmush o‘rtog‘imning jinsiy extiyojini qondirib qo‘ysa, 50 ming so‘m berishimni aytdim. Qilmishimdan pushaymonman”, degan ayol sudda.
Jabrlanuvchining qonuniy vakili huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudi qarori bilan er-xotin shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligini sodir etgan deb topilgan. Erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq, uning turmush o‘rtog‘iga esa bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, ya’ni 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Shilqim erkak sud qaroridan norozi bo‘lib, viloyat sudiga apellyatsiya bergan, viloyat sudi dastlabki qarorni o‘z kuchida qoldirgan.
Holat bo‘yicha ichki ishlar organi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etib, shilqim er-xotinni ma’muriy jazoga tortgan, sud ham IIB tomonidan holatga to‘g‘ri baho berilgan deb topgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Hozirda Andijon viloyat prokuraturasi sud hujjatlarini o‘rganmoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi
Jamiyat | 13:55
-
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi
Jahon | 13:25
-
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston | 13:12
-
G‘azoga yordamni qurolga aylantirgan Isroil, Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylayotgan Tramp va Kanada uchun 61 milliardlik «Oltin gumbaz» – kun dayjesti
O‘zbekiston | 13:12
Mavzuga oid

11:04 / 17.05.2025
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi

11:59 / 06.02.2025
13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi bo‘yicha protest kiritildi - Bosh prokuratura

22:04 / 03.02.2025
Asakalik 13 yoshli qizga qilingan shilqimlik holatini prokuratura tekshirmoqda

17:19 / 03.02.2025