Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar V.T. va X.S. tumandagi “Yu.M.” fermer xöjaligining “Yuqori Böz” MFY hududidagi 0,6 gektar yer maydonini özboşimçalik bilan egallab olgani ma’lum böldi.
Aniqlanişiça, ular uşbu yer maydonini fuqaro U.K.ga 25 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, kadastr hujjatlarini keyinçalik rasmiylaştirib berişini va’da qilgan. Tezkor tadbir vaqtida ular 22 500 AQŞ dollarini olgan paytda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-moddasi (özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















