Tunisliklar bu qadamni hokimiyatni bir qölda jamlaş istagi va mamlakatdagi demokratiya poydevorlariga tajovuz sifatida körişmoqda.

Minglab kişilar mamlakat poytaxti köçalarida namoyişlarga çiqişgan, ularning qöllarida «Davlat töntarişi» va «Demokratiyamizni qutqaramiz» yozuvlari bitilgan plakatlarni köriş mumkin.

Muxolifat Tunisda 2010-11 yillarda «Arab bahori» (keyinroq Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq böylab tarqalgan norozilik namoyişlari tölqini) nimadan boşlanganini yodga olişga çaqirmoqda.

Hozirgi ziddiyat tarixi

Tunis parlamenti 25 iyuldan buyon işlamayapti. Öşanda hukumatdagi qator yuqori martabali amaldorlar işdan böşatildi, xususan boş vazirning özi ham hukumatdan çetlatildi.

Bungaça mamlakatning yirik şaharlarida minglab tunisliklar namoyişlarga çiqib, koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşdagi xatolar uçun aybdor bölgan amaldorlarni javobgarlikka tortiş hamda Xalq vakillari assambleyasini (bir palatali parlament) tarqatib yuborişni talab qilişdi.

Qays Said öşanda hukumatga yangi rahbar tayinlab, uning yordamida kun tartibidagi muammolar bilan şuğullanişini aytgandi. Ammo Tunisdagi siyosiy kuçlar prezidentning harakatlarini davlat töntarişi va diktatura sari qadam deb baholadi.

Hatto Tunis parlamenti spikeri, «An-Nahda» (Uyğoniş) partiyasi rahbari Raşid al-Gannuşiy Saidni xalq talablarini bahona qilgan holda ongli ravişda özi ham hammuallif bölgan konstitutsiyani buzgani haqida aytgandi. U prezidentni davlat töntarişiga urinişda aybladi va şundan keyin Tunis muxolifatiga boşçilik qila boşladi.

2011 yilgi inqilobdan keyin Said yangi konstitutsiya loyihasini tayyorlaş böyiça ekspertlar qömitasi tarkibiga kirgandi, bu loyiha 2014 yilga kelib qabul qilinadi.

Aynan şu davrdagi faoliyati unga 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida ğolib bölişda yordam bergandi, öşanda u saylovlarda mustaqil nomzod sifatida iştirok etgan.

Bu absolyutizm sari yölmi?