O‘zbekiston | 17:55 / 25.09.2021
2335
2 daqiqa o‘qiladi

Narzullo Oblomurodovning ishonchli vakili: “Nomzodning bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta'minlash”

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Ulug‘bek Razzoqov ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazildi. Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi muhim yo‘nalishlarni ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, nomzodning saylovoldi dasturi 7 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, bosh maqsad – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini keng joriy etish orqali munosib turmush sharoitlari, farovon jamiyat barpo etishdan iborat.

Saylovoldi dasturda taqdim etilayotgan 7 ta yo‘nalish quyidagilardan iborat:

— mamlakatni barqaror rivojlanishini ta'minlash,

“yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiyani rivojlantirish hamda iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish;

— ekologik xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

— atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish;

— iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojyeasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish;

— davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish;

— sog‘liqni saqlash, ta'lim, ilm-fan va madaniy-ma'rifiy sohalarni yanada rivojlantirish;

— tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Ulug‘bek Razzoqov hozirda viloyatning barcha shahar va tumanlarida saylovchilar bilan uchrashish rejasi tasdiqlanganligini ham ta'kidlab o‘tgan.

Oldinroq XDPdan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili ishtirokidagi brifing tafsilotlari ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid