Özbekiston Ekologik partiyasidan Özbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov 20 oktabr kuni Olmaliq şahridagi saylovçilar bilan uçraşdi.
Ekopartiya nomzodining viloyat böyiça işonçli vakili Nosirjon Aminov saylovçilarga Narzullo Oblomurodov haqida ma'lumotlar berdi.
Jumladan, nomzodning Orolböyi hududi muammolarini yeçişga qaratilgan “Möynoqqa madad” xayriya velomarafoni, “Daraxt eking” aksiyasi, ekologik innovatsiyalar va yaşil texnologiyalar tanlovi kabi yirik loyihalar muallifi ekanligi qayd etildi.
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov öz saylovoldi dasturidan örin olgan asosiy maqsadlar haqida gapirdi.

“Bizning maqsadimiz qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni çuçuklaştiruvçi lokal qurilmalar barpo etiş orqali olis qişloq joylarda suv ta'minoti sezilarli darajada yaxşilanişiga erişiş, çiqindilarni qayta işlaş, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik madaniyatni rivojlantiriş, sanoat korxonalarining atmosferaga çiqaradigan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş”, – dedi u.
Saylovoldi dasturidagi barça yönalişlar, ilgari surilgan ğoyalar bugungi kunda nafaqat yurtimiz uçun , balki butun dunyo ahli uçun ham dolzarb bölgan masalalarni öz içiga olganligi ham ta'kidlab ötildi.
Partiya an'anasiga köra, uçraşuvdan söng nomzod “Metallurg” madaniyat saroyi hovlisiga daraxt köçati ötqazdi.













