Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov öz saylovoldi dasturidagi “yaşil” iqtisodiyotni rivojlantiriş bugungi ekologik muammolarga yeçim böla olişini ta'kidladi. Bu borada saylovoldi dasturida belgilab qöyilgan bir qança ustuvor vazifalarni sanab ötdi.
Şuningdek, uçraşuvda nomzod yuksak ekologik madaniyatni şakllantiriş, ona tabiatni, jumladan ösimlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylaş, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda böliş hissini kuçaytiriş haqida ham ta'kidladi. Jumladan, oila va mahalla tizimida insonning tabiatga bölgan munosabatini tubdan özgartiriş orqali atrof-muhitni asraş, har bir insonda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişni şakllantiriş masalalari haqida ham atrofliça gapirib ötdi.
Uçraşuvda Ekologik partiya vakillari va ekofaollar öz saylovoldi dastur yuzasidan öz fikrlarini bildirişdi.
Jumladan, dasturda közda tutilgan:
- elektr energiya tizimidagi muammolarga körsatilgan yeçimlar;
- uzluksiz ta'limning barça bosqiçlarida ekologik ta'lim-tarbiya tamoyillarini keng joriy etiş, yoşlarning ekologik bilimlarini oşiriş, oliy ta'lim tizimida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş;
- qayta tiklanuvçi elektr energiyadan samarali foydalaniş;
- mamlakat xavfsizligining ajralmas qismi bölmiş ekologik xavfsizlikni ta'minlaşni ifoda etuvçi davlat siyosatini amalga oşiriş;
- bioxilma-xillikni saqlaş, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirişning imkonini beruvçi mukammal huquqiy baza yaratiş ğoyalariga töxtalib ötildi.
Özbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov sirdaryolik saylovçilarning turli savollariga batafsil javob berdi.













