Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova nimalarni va'da qilmoqda?
XDPdan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Maqsud Nurullayev ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun brifing tashkil qilindi. Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, nomzodning saylovoldi dasturidagi asosiy yo‘nalishlar qo‘yidagilardan iborat:
- mamlakatda ijtimoiy tengsizlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish, pensiya hisoblash tartibini takomillashtirish, ayollarning bola parvarishidagi davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlash;
- “Mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
- og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni ijtimoiy turar joylar bilan ta'minlash, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, asosiy oziq-ovqatlar narxlarini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qat'iy o‘rnatish, qishloq tumanlariga sanoatni olib kirish.
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan uchrashuvlar viloyatning shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Oldinroq Navoiyda O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari brifing o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
21:51 / 25.10.2021
Maqsuda Vorisova 1991 yildan keyingi saylovlarda 2-o‘rinni olgan nomzodlar ichida eng ko‘p ovoz oldi
11:38 / 24.10.2021
O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda
21:00 / 22.10.2021
Bolalar maktab va bog‘chalarda sifatli oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlanishi kerak - Maqsuda Vorisova
18:33 / 21.10.2021