Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda poyezdning temir yo‘l izlaridan chiqib ketishi oqibatida 50dan ko‘proq odam jarohat oldi
AQShning Montana shtatida Sietl (Vashington shtati) va Chikago (Illinoys shtati) shaharlari orasida qatnovchi poyezdning temir yo‘l izlaridan chiqib ketishi oqibatida 50dan ko‘proq odam jarohat oldi, 3 kishi vafot etdi.
Amtrak temir yo‘l kompaniyasida ma'lum qilinishicha, Empire Builder 7/27 poyezdi mahalliy vaqt bilan soat 16da Joplin shahri yaqinida temir yo‘l izlaridan chiqib ketgan. O‘sha vaqtda unda 147 yo‘lovchi va tarkibning 13 a'zosi bo‘lgan.
Xill okrugi favqulodda xizmatlari xodimi Amanda Frikelning ta'kidlashicha, voqea joyiga oltita okrugning qutqaruvchilari yo‘l olgan, qutqaruv ishlariga tibbiy vertolyotlar jalb qilingan.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026