“Afğonistondagi holat hammamizga saboq bölişi kerak. Çegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Heç kimga sarhadlarimizga daxl qilişga yöl qöymaymiz. Çunki Özbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar.

Kuni keça ham davlatimiz çegarasini buzib ötişga uriniş böldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat'iy, kerak bölsa, çegaramizni himoya qiliş uçun qurol işlatamiz. 

Keçagi vaziyatda ham öz vazifasini şaraf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarça halok böldi. U şu yurt farzandi – namanganlik edi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev yiğilganlarga qarata.

Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev Afğoniston böyiça hamkorlikning asosiy jihatlarini ma'lum qilgandi.

Qayd etilişiça, Afğonistonda yangi hokimiyat oldida jamiyatni jipslaştirişdan tortib barça etnosiyosiy guruhlarni öz içiga olgan layoqatli hukumatni şakllantirişgaça bosib ötilişi kerak bölgan murakkab yöl turibdi. 

“Afğonistondagi barçamizni taşvişlantirayotgan vaziyat meni ham xavotirga solmoqda. Haqiqatdan ham, bugun uşbu mamlakatda mutlaqo yangi voqelik qaror topdi – juda qisqa vaqtda “Tolibon” harakati deyarli butun hokimiyatni öz qölida jamladi. Yangi hokimiyat oldida jamiyatni jipslaştirişdan tortib barça etnosiyosiy guruhlarni öz içiga olgan layoqatli hukumatni şakllantirişgaça bosib ötilişi kerak bölgan murakkab yöl turibdi. Mohiyatan, vaziyatni barqarorlaştiriş istiqbollari, afğon davlatçiligining tiklanişi va, umuman, xalqaro hamjamiyat bilan Afğoniston örtasidagi hamkorlikning rivojlanişi şunga boğliq böladi”, dedi Özbekiston prezidenti “Şanxay hamkorlik taşkiloti – Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti” formatidagi uçraşuvdagi nutqida.

Bildirilişiça, hozirgi şaroitda mamlakat fuqarolik uruşi va gumanitar inqiroz domida qolib ketgan, xalqaro hamjamiyatdan yakkalanib qolgan, uning hududi esa xalqaro terrorçilik va narkotiklar işlab çiqariş “xabi”ga aylangan davr - töqsoninçi yillardagi holatiga yana qaytib qolmasligiga qat'iy kafolatlar yöq.