Afğonistonda yangi hokimiyat oldida jamiyatni jipslaştirişdan tortib barça etnosiyosiy guruhlarni öz içiga olgan layoqatli hukumatni şakllantirişgaça bosib ötilişi kerak bölgan murakkab yöl turibdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Şanxay hamkorlik taşkiloti – Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti” formatidagi uçraşuvdagi nutqida ma'lum qildi.
“Afğonistondagi barçamizni taşvişlantirayotgan vaziyat meni ham xavotirga solmoqda. Haqiqatdan ham, bugun uşbu mamlakatda mutlaqo yangi voqelik qaror topdi – juda qisqa vaqtda “Tolibon” harakati deyarli butun hokimiyatni öz qölida jamladi. Yangi hokimiyat oldida jamiyatni jipslaştirişdan tortib barça etnosiyosiy guruhlarni öz içiga olgan layoqatli hukumatni şakllantirişgaça bosib ötilişi kerak bölgan murakkab yöl turibdi. Mohiyatan, vaziyatni barqarorlaştiriş istiqbollari, afğon davlatçiligining tiklanişi va, umuman, xalqaro hamjamiyat bilan Afğoniston örtasidagi hamkorlikning rivojlanişi şunga boğliq böladi”, dedi Özbekiston prezidenti.
Qayd etilişiça, hozirgi şaroitda mamlakat fuqarolik uruşi va gumanitar inqiroz domida qolib ketgan, xalqaro hamjamiyatdan yakkalanib qolgan, uning hududi esa xalqaro terrorçilik va narkotiklar işlab çiqariş “xabi”ga aylangan davr - töqsoninçi yillardagi holatiga yana qaytib qolmasligiga qat'iy kafolatlar yöq.
“Eng yaqin qöşni sifatida biz öşa yillardagi şunday xavf-xatar va tahdidlarga bevosita duç kelganmiz hamda Afğonistondagi vaziyat şu ssenariy asosida rivojlanişi ehtimolining barça salbiy oqibatlarini aniq-ravşan anglab turibmiz.
Şu munosabat bilan Afğoniston böyiça hamkorlikning asosiy jihatlari borasidagi nuqtai nazarimiz bilan bölişmoqçiman.
Birinçi. Afğoniston hududi xavfsizligimizga tahdid va xatarlar manbai bölib qolişiga yöl qöyib bölmaydi. Bu borada söz yuritganda, eng avvalo, ekstremizmning ortişi va radikal mafkuraning eksportini, Afğoniston hududidan mamlakatlarimizga qarşi qöporuvçi harakatlar uçun foydalanişni, jangarilarning çegaralarni buzib ötiş xavfini nazarda tutyapman.
Umumiy sa'y-harakatlar bilan, qat'iy çoralar körgan holda, birgalikda terrorçilarni “qaynoq nuqtalar”dan Afğonistonga köçiriş kanallarini kesiş muhimdir. Şu munosabat bilan ŞHT MATT Ijroqömi va KXŞT Kotibiyati, şuningdek, davlatlarimiz maxsus xizmatlari yönalişida amaliy hamkorlikni kengaytiriş tarafdorimiz.

















