Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Namanganning mevalari shirin, mevalaridan ham shevalari shirin». Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashdi
Bugun, 27 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, boshqa hududlardan farqli ravishda Namangandagi uchrashuv “Mirziyoyev– Mirziyoyev” degan hayqiriqlar bilan boshlandi. Nomzodga so‘z berilganida, Shavkat Mirziyoyev saylovchilarga minnatdorlik bildirdi.
“Namangandagi har bir jarayonni juda yaxshi eslayman. Bu viloyatda bitta uy qurish uchun qancha harakat qilganmiz, lekin na pul, na imkoniyat bor edi. Norin, Pop tumanidagi qishloq xo‘jaligidagi muammolar yechimi bo‘yicha ishlaganimiz ham yodimda. Namanganning ayrim ko‘chalariga kirish mumkin emasdi. Namangan e'tiqodi mustahkam insonlar yurti.
Mening armonlarim shunda ediki, iymon-e'tiqodli bu yurtga xizmat qilish. Doim Namanganni boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatganman, bu viloyatga bir og‘iz so‘z kifoya edi. Namanganning mevalari shirin, mevalaridan ko‘ra shevalari shirin.
Men Samarqandda bir voqeani aytib berdim, lekin u mingtadan bittasi. Namangan eli o‘z yurtini har tomonlama o‘rnak qilish, gullar diyoriga aylantirishga harakat qilishi haqiqiy ibratdir”, – deya o‘z so‘zini boshladi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
21:00 / 28.03.2026
Namanganda eksperiment uchun elektr abonentlari va soliq to‘lovchilar bir-biriga bog‘lab chiqildi
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
12:04 / 18.03.2026