– Şahid, köpçilikni bir savol qiziqtirişi tabiiy – nega örganiş uçun aynan özbek tilini tanlagansiz?
– Hindistondagi universitetimizda 2004 yilda özbek tili kafedrasi taşkil etilgan. Öşa yildan boşlab men hind talabalariga özbek tilidan dars berganman. Çunki bundan 24 yil avval Şarqşunoslik universitetida öqib, özbek tili böyiça diplom olganman. Ammo dars berişim uçun bilimlarimni yetarli deb hisoblamadim hamda 2019 yilda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetiga magistraturaga öqişga kirdim. Özbek tilini mukammalroq va çuqurroq egallaşga kirişdim. Ustozlarning har bir maslahatiga quloq tutdim, har bir ögitini könglimga jo qildim. Magistraturani muvaffaqiyatli yakunlab, magistr diplomiga ega böldim. Bu men uçun katta şaraf.
– Tilşunoslikda ilmiy işlar ham qilibsiz, endi qanday rejalar ustida işlamoqdasiz?
– Aslida özim boşqa yönalişda öqib, Hindistonda doktorlik himoya qilganman, PhD darajasiga egaman. Daf'atan, yana ta'lim olişimga zarurat yöq edi. Ammo hind talabalariga özbek tilidan dars berar ekanman, ularga yaxşi ta'lim beriş, yaxşi örgatiş uçun özim bu tilni juda yaxşi bilişim şart deb öylayman.
Hindistonga qaytgaç, özbek adabiyotining nodir asarlarini hind tiliga tarjima qilmoqçiman. Özbek tilida tarjimalar yöq emas, lekin ular ingliz tilidan hind tiliga ögirilgan. Men esa özbek adabiyotini aslidan, töğridan töğri tarjima qilişni közlaganman. Bundan taşqari, talabalarga özbek tilining asoslari hamda adabiyoti haqida köproq ma'lumot berişni niyat qilganman.
– Hindistonda özbek tilining mavqeyi qanaqa?
– Hindiston katta mamlakat. Lekin şunday katta mamlakatda özbek tilini mukammal biladigan odamlar kam, yöq desa ham böladi. Özbek adabiyoti haqida hindlar deyarli bilmaydi. Vaholanki, bizning mamlakatlarimizni, millatlarimizni boğlab turgan uzviy riştalar bor. Birgina Mirzo Bobur va boburiylarni eslaşning özi kifoya. Tilimizda özbek tilidagi 3000dan ortiq söz faol işlatiladi. Lekin afsuski hindlarning aksariyati bundan bexabar.
Men birinçilardan bölib özbek tili va adabiyoti böyiça magistr darajasiga ega böldim. Öylaymanki, izlanişlarim besamar ketmaydi va Hindiston xalqiga özbek tilini kaşf etişida yordam beraman. Özbek adabiyotining eng sara asarlarini hind tiliga ögiraman. Va mening yölimni davom ettiradiganlar topilişiga işonçim komil.
Özbek tilini mukammal örganişda menga yaqindan kömak bergan ustozlarimga, ayniqsa mendan yordamini va vaqtini ayamagan ustozimiz, rektor Şuhrat Sirojiddinovga alohida rahmat aytmoqçiman. Özbekistonda 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni bölsa, 21 oktyabrda özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana nişonlanadi. Ustozlarni, tilşunos olimlar va barça özbek xalqini bayram bilan tabriklab qolaman.













