Mamlakatga taşrifi arafasida Anna Berde sönggi beş yil mobaynida ötkazilgan islohotlar natijasi va Özbekistonda 2030 yilgaça kambağallikni ikki baravarga qisqartiriş, şuningdek, aholi daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoriga kiriş vazifasini amalga oşiriş borasida hal qiliş talab etiladigan muhim vazifalar töğrisida fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Qayd etilişiça, sönggi beş yil mobaynida misli körilmagan iqtisodiy va ijtimoiy özgarişlarni boşdan keçirgan Özbekiston uçun hal qiluvçi payt yaqinlaşmoqda.

“Bundan beş yil avval Özbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritiş oson iş emasdi. Xorijiy valuta muomalasiga qöyilgan çeklovlar tadbirkorlarning qölidagi tuşov edi. Özbekistonda valuta ayirboşlaş umumiy hajmining deyarli yarmi norasmiy bozorlarda amalga oşirilar edi.

Mamlakatning soliq tizimi esa iqtisodiyot gardanidagi oğir yuk edi. Soliqlarning balandligi tufayli tadbirkorlar öz bizneslarini rivojlantiriş yoki yangi iş örinlari yaratişdan manfaatdor bölmas, işçi kuçiga qöyilgan yuqori soliqlar sabab işçi yollaş iş beruvçilarga öta qimmatga tuşardi. Soliq tölaşdan qoçiş keng tarqalgan holat bölib, budjetga kelib tuşadigan soliq va yiğimlar tuşumi kam sonli yirik kompaniyalarga boğliq bölib qolgandi.

Kuçli davlat nazorati biznes imkoniyatlarini çeklab kelgan. Tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalaşdagi murakkab talablar bozordagi raqobatning rivojlanişi va işlab çiqariş-ta'minot zanjirining tölaqonli faoliyat körsatişiga tösqinlik qilgan. Çegaradagi uzoq muddatli uşlanib qolişlar tadbirkorlar uçun xarajatlarning oşişiga va qimmatbaho meva-sabzavot mahsulotlarining iste'molga yaroqsiz holga kelişiga olib kelgan.

Uşbu çeklovlar nafaqat mahalliy tadbirkorlarning xarajatlari oşişiga olib kelgan, ular, şu bilan birga, samaradorlikni pasaytirib, korrupsiyaga keng yöl oçgan. Bu hol mamlakatda rasmiy tadbirkorlikdagi raqobatbardoşlikka putur yetkazar va yaşirin iqtisodiyotning rivojlanişiga turtki berardi.

Beş yil avval mamlakatdagi vaziyat şunday edi. Bugungi kunda tadbirkorlik şaroitlari ança yaxşilandi”, deydi Anna Berde.

Ta'kidlanişiça, xorijiy valuta bilan muomala qiliş bugungi kunda muammo emas.

“Garçi norasmiy bozorlar butunlay yöqolib ketgan bölmasa-da, bank va “bozor” kursi kamdan kam hollarda farq qiladi. Endilikda deyarli heç kim norasmiy bozor xizmatlaridan foydalanmay qöydi.