Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 40 ming aholiga mo‘ljallangan «Eko shahar» quriladi, Qo‘qon va Marg‘ilon kengaytiriladi
Farg‘ona viloyatida kelgusi besh yilda jami 30 ming kvartirali 700 ta ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Bu – oldingi yillarga nisbatan 3 barobar ko‘p, degani. Bunda, 2,5 mingta uy-joy og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yolg‘iz ayollar, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga beriladi. Shuningdek, kelgusi besh yilda 14 mingdan ziyod oilaga, ipoteka krediti bo‘yicha 680 milliard so‘mlik subsidiya ajratiladi.
Shu bilan birga, viloyat hududlaridagi eskirgan 200 ta 2-3 qavatli uylar o‘rnida, renovatsiya dasturlari asosida 7-12 qavatli uy-joylar quriladi. Bog‘dod tumani Guliston mahallasida barpo qilingan shaharcha namunasi asosida Yozyovon, Oltiariq va Farg‘ona tumanlarida ham kamida 4-5 ming xonadonli “yo‘ldosh” shaharchalar bunyod etiladi.
Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari qo‘shni tumanlar hisobiga kengaytiriladi, 600 gektardan ortiq hududda yirik uy-joy massivlari va sanoat zonalari tashkil qilinadi.
Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etiladi. Bunda, 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.
Shu bilan birga, shaharda har yili 1 milliondan daraxt ekib, Farg‘onaning “yashil shahar” maqomini qayta tiklaymiz”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026