Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada askiya san'ati markazi ochiladi, «San'atkorlar xiyoboni» barpo etiladi
Ulug‘ san'atkorlarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida Marg‘ilon shahar “Ijodkorlar bog‘i” hududida ularning byustlari o‘rnatilib, “San'atkorlar xiyoboni” barpo etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Ma'lumki, Farg‘onadan yetishib chiqqan Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Muhiddin qori Yoqubov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Nabi Rahimov, Jo‘raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Rahima Mazohidova, Murodjon Ahmedov, Tavakkal Qodirov singari ulug‘ san'atkorlar o‘zining yuksak san'ati bilan xalqimizning mehrini qozongan. Hozir ham bu sohada ko‘plab umidli yoshlar voyaga yetib kelmoqda.
Shu ma'noda, ulug‘ san'atkorlarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida Marg‘ilon shahar “Ijodkorlar bog‘i” hududida ularning byustlarini o‘rnatib, “San'atkorlar xiyoboni”ni barpo etsak, o‘ylaymanki, sizlarga ham manzur bo‘ladi.
O‘z davrida madaniyat va san'at yo‘nalishidagi ta'lim muassasalari ulug‘ san'atkorlar nomi bilan atalgan edi. Endilikda ularni qayta nomlab, aziz xotiralari o‘z o‘rniga qo‘yiladi.
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomini abadiylashtirish hamda Farg‘ona vodiysida askiya va qiziqchilik san'ati ta'limida seleksiya ishlari yo‘lga qo‘yilib, askiya san'ati markazi ochiladi.
Tobora noyob bo‘lib borayotgan milliy dorbozlik va polvonlik an'analarini saqlab qolish hamda targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marotaba “Maydon tomoshalari” festivali yo‘lga qo‘yiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026