O‘zbekiston | 12:34 / 28.09.2021
2999
2 daqiqa o‘qiladi

Vodiyda Nefrologiya markazi filiali va Endokrinologiya markazi tashkil etiladi

Farg‘ona viloyatida aholiga malakali, sifatli va yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish borasida alohida dastur amalga oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Farg‘onada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni  zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, viloyatda mingdan ziyod bemorlar buyrak yetishmovchiligi bo‘yicha  nazoratda turganini inobatga olib, Nefrologiya markazining filiali tashkil etiladi va buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, gemodializ uskunalari 2-3 barobarga ko‘paytiriladi. 

Bundan tashqari, viloyatda Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi negizida barcha xirurgik xizmatlarni bir joyni o‘zida tashkil etuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri barpo etiladi.

Umuman olganda, viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid