Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul universitetining yangi rektori ayollarning ushbu ta'lim dargohida o‘qishini taqiqladi
Avvalroq yangi hukumat ayol-qizlar erkak talabalardan alohida va islomiy kiyingan holda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi mumkinligini bildirgandi.
Kobul universitetining yangi rektori Muhammad Ashraf G‘ayrat “haqiqiy islomiy tartib o‘rnatilmagunicha”, ayollarning ushbu ta'lim muassasasida o‘qishini taqiqladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Barcha uchun haqiqiy islomiy muhit ta'minlanmaguniga qadar ayollarga universitetda o‘qish yoki ishlashga ruxsat berilmaydi”, – deya G‘ayratning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.
Avvalroq yangi hukumat ayol-qizlar erkak talabalardan alohida va islomiy kiyingan holda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi mumkinligini bildirgandi.
Muhammad Ashraf G‘ayrat 22 sentyabr kuni professor Muhammad Usmon Boburiy o‘rniga universitet rektori etib tayinlandi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026