Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi qaroriga muvofiq quyidagilar tashkil etildi:
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etilgan holda Milliy markaz tizimiga o‘tkazildi.
Milliy markaz tizimiga o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish stansiyalari va uchastkalarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan tizimga kiradigan barcha 15 ta ilmiy-tadqiqot institutlarining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026