O‘zbekiston | 17:59 / 29.09.2021
6982
2 daqiqa o‘qiladi
Farg‘ona vodiysida kun davomida ikkinchi zilzila kuzatildi
Qirg‘izistonda 29 sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 17:41 da yuz bergan zilzila Farg‘ona viloyatining qator hududlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Yer silkinishi koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 246 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,3 ballga teng bo‘lgan.
Ushbu yerosti silkinishi Andijonning quyidagi hududlarida sezilgan:
- Farg‘ona tumanida: 4 ball, 14 km;
- Quvasoy shahrida: 3-4 ball, 24 km;
- Farg‘ona tumanida: 3-4 ball, 25 km;
- Marg‘ilon tumanida: 3 ball, 33 km;
- Oltiariq tumanida: 3 ball, 38 km;
- Toshloq tumanida: 2-3 ball, 39 km;
- Qo‘shtepa tumanida: 2-3 ball, 43 km;
- Quva tumanida: 2-3 ball, 46 km;
- Rishton tumanida: 2 ball, 52 km;
- Yozyovon tumanida: 2 ball, 54 km;
- Bag‘dod tumanida: 2 ball, 59 km;
- Bo‘ston tumanida: 2 ball, 60 km;
- So‘x tumanida: 2 ball, 60 km;
- Marhamat tumanida: 2 ball, 61 km.
Kunning birinchi yarmida Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Andijonning qator hududlarida sezilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
07:30 / 17.10.2024